
Rasman! OKMK albaniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
OKMK FK O‘zbekiston Superligasining ikkinchi davrasi oldidan jamoani yanada kuchaytirish va sog‘lom raqobatni yaratish maqsadida albaniyalik markaziy hujumchi Kleydi Datsini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Kleydi Datsi 1999 yil 22 aprelda Albaniyaning Tirana shahrida tavallud topgan. OKMK FK va 186 sm bo‘yga ega bo‘lgan legioner futbolchi o‘rtasida 2.5 yillik shartnoma imzolandi.
OKMK FKning xorijlik futbolchisi faoliyati davomida "Teuta", "Kastrioti", "Kukesi" va "Partizan" klublarida jami 128 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 24 bor ishg‘ol qilgan. Shuningdek, 4 bor golli uzatmali samaradorlikni amalga oshirgan.
Fikrlar