
Rasman! "Milan" hujumchisi A Seriyaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi
"Milan" hujumchisi Fabio Borini "Verona" safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Borini joriy mavsum “Milan” safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. U shuningdek "Chelsi", "Suonsi", "Parma", "Roma", "Liverpul" va "Sanderlend" kabi klublarda ham o‘ynagan.
Fikrlar