Rasman! "Manchester Yunayted" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi (Foto)

  • 23 iyul, 2021, 17:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bugun yangi transferni e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, mankunianliklar hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sanchoni tanishtirdi. "Borussiya D"dan ko‘chib o‘tgan Sancho ommaga tanishtirildi.

21 yoshli futbolchi "qizil iblislar" bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzgan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Jeydon Sancho o‘tgan mavsum Bundesligada 26 o‘yinda 8 ta gol urdi.

218910337_10158761422547746_408923103181344817_n

218796793_10158761535657746_6920687398103079264_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!