
Rasman! “Manchester Yunayted” super to‘purarga ega bo‘ldi
“Manchester Yunayted” transferlar bozorining oxirgi kunida erkin agent sifatida jamoaga kelgan Edinson Kavani bilan shartnoma imzoladi.
PSJdan ketganidan keyin qator klublar bilan muzokara o‘tkazib, birortasi bilan kelisha olmagan urugvaylik to‘purar nihoyat manchesterliklar taklifini qabul qildi. Kelishuvga ko‘ra, hamkorlik bitimi bir yilga tuzildi. Klubda bu hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
- “Manchester Yunayted” dunyodagi eng buyuk klublardan biri. Bu erda o‘ynash ulkan sharaf. Men bo‘sh vaqtimda ko‘p shug‘ullandim va rasmiy musobaqaga intizorman va futbol kitobiga kichkinagina tariximni yozishni davom ettirmoqchiman, - dedi Edinson Kavani.
Fikrlar