Rasman! Luis Suares faoliyatini boshlagan klubga qaytdi

  • 27 iyul, 2022, 02:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luis Suares Urugvayning "Nasonal Montevideo" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchining o‘zi instagram sahifasida ma’lum qildi. 

O‘z navbatida "Nasonal" ham uning ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan videosini qayta joylashtirib, mazkur transferni tasdiqladi. 

Qayd etish lozim, 35 yoshli hujumchi ushbu klub safida professional faoliyatini boshlagan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi yozda yakuniga etgandi. "Matraschilar" Luis bilan hamkorlikni davom ettirishni istamadi va tajribali forvard sobiq jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!