
Rasman! "Lokomotiv" yana bir futbolchi transferini e’lon qildi! (Video)
"Lokomotiv" jamoasi yangi futbolchi transferini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hujumchi Ivan Nagaev "temiryo‘lchilar" a’zosiga aylandi.
Ivan avval "Buxoro", "So‘g‘diyona", "Qizilqum", "Dinamo", Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoalarida to‘p tepgan. U Toshkent klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi 2013-2016 yillar oralig‘ida "Lokomotiv" tarkibida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar