
Rasman! “Jenoa” kutilmagan transferni e’lon qildi
Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Jenoa” klubi rasman jamoa yarim himoyachisi Stefano Sturaro “Verona” jamoasiga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi.
27 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha “Verona”da ijara asosida to‘p tepadi. Veronaliklarda Sturaroni to‘liq transfer qilish huquqi ham bor.
Stefano Sturaro 2018 yilning yzida “Yuventus”dan 16,5 million evro evaziga Genuyaga olib kelingan edi. Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda A Seriyada oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikrlar