Rasman. Ispaniya De la Fuente bilan shartnomani uzaytirdi

  • 27 yanvar, 17:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi bosh murabbiy Luis de la Fuente bilan shartnomani rasman uzaytirganini e’lon qildi. Mutaxassis bilan imzolangan yangi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Tecno

Luis de la Fuente 2022 yil dekabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining 1/8 finalida Marokashdan mag‘lubiyatga uchragan Luis Enrike iste’foga chiqqanidan so‘ng Ispaniya terma jamoasiga murabbiylik qilishni boshlagan.

Uning qo‘l ostida milliy terma jamoa "Evro-2024" g‘olibi bo‘ldi. Turnir finalida ispaniyaliklar Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!