
Rasman! Donni van de Bek "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi
“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli gollandiyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Ushbu kelishuv tomonlar roziligi bilan yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
Van de Bek MYuda yiliga 6 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar