
Rasman: "Chelsi" 38 million evroga yangi himoyachi xarid qildi
"Chelsi" "Monako" himoyachisi Benua Badiashileni o‘z safiga qo‘shib oldi.
London klubi frantsiyalik himoyachi bilan 7,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Chelsi"ga o‘tganimdan juda mamnunman. Men bu klubdagi o‘yinimni intikliq bilan kutyapman. Muxlislarni ko‘rishni, dunyoning eng yaxshi Ligasida o‘ynashni sabrsizlik bilan kutaman", - dedi 21 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, "arristokratlar" Badiashile uchun 38 million evro sarfladi. U joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar