
Rasman! Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoaning vaqtinchalik murabbiyi nomini e’lon qildi. Hozircha bu lavozimda Braziliya yoshlar terma jamoasi ustozi 50 yoshli Ramon Menezes ishlaydi.
"pentakampeonlar" sobiq murabbiyi Tite "JCh-2022"da Xorvatiyaga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa boshqaruvchisi lavozimini tark etgandi.
So‘nggi paytlarda Braziliya terma jamoasi bosh murabbilik postiga Karlo Anchelottining kelishi haqidagi mish-mishlar faollashmoqda. Biroq, Braziliya futbol konfederatsiyasi va italiyalik mutaxassis o‘rtasidagi ba’zi kelishuvlar haqidagi ma’lumotlar rad etildi.
Fikrlar