
Rasman! "Bavariya" futbolchisi mavsumni "Xoffenxaym"da yakunlaydigan bo‘ldi
"Bavariya" himoyachisi Kris Richards mavsumni "Xoffenxaym"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra, "Xoffenxaym" 20 yoshli amerikalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan.
Ma’lumot uchun, Richards "Bavariya" safiga 2018 yil "Dallas" klubidan 1,1 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida u myunxenliklar safida jami 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U AQSh terma jamoasi safida 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar