
Rasman! "Barsa" futbolchisi Segundaga yo‘l oldi
"Barselona B" a’zosi Mateus Pereyra da Silva faoliyatini Ispaniyaning boshqa jamoasi va boshqa ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Segunda vakili hisoblanmish "Eybar" 24 yoshli braziliyalik transferini e’lon qildi. Klub u bilan 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi hozircha noma’lum.
Ma’lumot o‘rnida, "Eybar" o‘tgan mavsum Segundada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘tish o‘yinida mag‘lub bo‘lib, La Liga yo‘llanmasidan quruq qolgan.
Fikrlar