Rasman! "Atletiko" hujumchisi "Vulverxempton"ga o‘tdi

  • 26 dekabr, 2022, 00:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" hujumchisi Mateus Kunya Angliyaning "Vulverxempton" klubi bilan shartnoma imzoladi.  

23 yoshli forvard transferini "bo‘rilar" o‘z ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. 

Braziliyalik mavsum yakuniga qadar APL klubida ijara asosida to‘p tepadi. Ayrim shartlar bajarilsa, u avtomatik ravishda "Vulvz" bilan shartnoma imzolaydi. Uning transfer narxi esa taxminan 40-50 million evro atrofida bo‘ladi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!