Rasman! "Atalanta" Kolumbiya terma jamoasi hujumchisini sotib oldi

  • 17 yanvar, 2020, 17:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" o‘zining rasmiy saytida hujumchi Duvan Sapatani sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra bergamliklar 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun "Sampdoriya"ga 12 mln evro to‘lashgan. Ta’kidlash kerakki, “Atalanta” 2018 yilda Sapatani genuyaliklardan ijaraga olgan edi va o‘shanda 14 mln evro to‘lagandi. Shunday qilib Sapataning transferi “Atalanta”ga jami 26 mln evroga tushdi.

Ma’lumot uchun, Sapata o‘tgan davr mobaynida “Atalanta” safida jami 59 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!