
Rasman! Asensio "Aston Villa"ga ijaraga o‘tdi
Rasman "Aston Villa" PSJ a’zosi Marko Asensioni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Ispaniyalik futbolchi mavsum so‘nggiga qadar Angliya klubida ijaraga o‘ynaydi. Uning moshi to‘liq birmingemliklar tomonidan to‘lab beriladi.
"Aston Villa" oldinroq Markus Reshford transferini hal qilgandi. Ayni paytda rahbariyat Aksel Disasini ijaraga olish ishlari bilan band.
Eslatib o‘tamiz, Asensio 2023 yilning yozida PSJga erkin agent sifatida kelgandi. Oradan bir yarim yil o‘tganidan keyin u jamoani tark etyapti.
Fikrlar