
Quvaytdagi xalqaro turnirda dastlabki medal naqd! 5 nafar bokschimiz esa finalga chiqdi
Quvaytda boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bo‘ldi.
Kecha yarim final janglari o‘tkazildi. Unda ringga ko‘tarilgan 6 vakilimizdan beshtasi o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. 63 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etadigan Lazizbek Fattoev delegatsiyamiz hisobiga ilk medalni yozdirib qo‘ydi.
-51 kg: Abdumajid Mannopov - Muntader Nasir (Iroq) (g‘alaba)
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Tso Singyu (Gonkong) (g‘alaba)
-63 kg: Lazizbek Fattoev - Kunatip Pindnuch (Tailand) (mag‘lubiyat)
-71 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev - Xamza Barbari (Marokash) (g‘alaba)
-80 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Seyidshaxin Musavi (Eron) (g‘alaba)
-92 kg: Diyorbek O‘ralov - Tufan Sharifi (Eron) (g‘alaba).
Fikrlar