SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

Tugagan
Sogdiana
0 - 1
Navbakhor
SogdianaSogdiana
NavbakhorNavbakhor
Tugagan
0
1
Tugagan
Lokomotiv
3 - 2
Nasaf
LokomotivLokomotiv
NasafNasaf
Tugagan
3
2
Tugagan
OKMK
2 - 0
Dinamo Samarqand
OKMKOKMK
Dinamo SamarqandDinamo Samarqand
Tugagan
2
0
Tugagan
Akhmat Grozny
1 - 1
Baltika Kaliningrad
Akhmat GroznyAkhmat Grozny
Baltika KaliningradBaltika Kaliningrad
Tugagan
1
1
Tugagan
Akron
1 - 0
Dynamo Makhachkala
AkronAkron
Dynamo MakhachkalaDynamo Makhachkala
Tugagan
1
0
Tugagan
Spartak Moskva
1 - 2
Krasnodar
Spartak MoskvaSpartak Moskva
KrasnodarKrasnodar
Tugagan
1
2
Tugagan
Go Ahead Eagles
0 - 0
AZ
Go Ahead EaglesGo Ahead Eagles
AZAZ
Tugagan
0
0
Tugagan
PEC Zwolle
1 - 6
PSV
PEC ZwollePEC Zwolle
PSVPSV
Tugagan
1
6
Tugagan
Levante
2 - 0
Sevilla
LevanteLevante
SevillaSevilla
Tugagan
2
0
Tugagan
Rayo Vallecano
1 - 0
Espanyol
Rayo VallecanoRayo Vallecano
EspanyolEspanyol
Tugagan
1
0
Tugagan
Real Oviedo
1 - 1
Villarreal
Real OviedoReal Oviedo
VillarrealVillarreal
Tugagan
1
1
Tugagan
Casa Pia
0 - 1
Sporting Braga
Casa PiaCasa Pia
Sporting BragaSporting Braga
Tugagan
0
1
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2810
3GMCaruana, Fabiano2793
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMKeymer, Vincent2762
6GMFirouzja, Alireza2759
7GMWei, Yi2754
8GMSo, Wesley2754
9GMGiri, Anish2753
10GMErigaisi Arjun2751
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Navro‘z Iminjonov: "Pro ligada oson raqibning o‘zi yo‘q"
  • Бугун, 00:04
FutbolУлуғбек Хошимов
Jahon chempionati Oltin to‘p g‘olibini aniqlashda qanchalik ta'sir o‘tkazadi?
  • 23-апрел, 11:33
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Mahmud Maxamadjonov: "Biz u yerga shunchaki bormaymiz, g‘alaba uchun boramiz"
  • 23-апрел, 00:04
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

Shomurodov transferiga Italiya va Turkiyadan qanday munosabat bo‘ldi?Futbol
  • 23-апрел, 07:14
  • 0
Shomurodov transferiga Italiya va Turkiyadan qanday munosabat bo‘ldi?
“Siti” birinchi o‘ringa ko‘tarishga hissa qo‘shgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?Futbol
  • 23-апрел, 07:37
  • 0
“Siti” birinchi o‘ringa ko‘tarishga hissa qo‘shgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Husanov "Börnli"ga qarshi oʻyinida necha ballni qoʻlga kiritdi?Futbol
  • 23-апрел, 02:23
  • 0
Husanov "Börnli"ga qarshi oʻyinida necha ballni qoʻlga kiritdi?
Abduqodir Husanov "Börnli"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?Futbol
  • 23-апрел, 02:12
  • 0
Abduqodir Husanov "Börnli"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?
Endi Superligamizda futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko‘p maosh olmaydiFutbol
  • 23-апрел, 03:31
  • 0
Endi Superligamizda futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko‘p maosh olmaydi

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
Qozog‘istonlik murabbiy o‘zbek bokschilariga tan berdi!
  • #O‘zbekiston
  • #Osiyo chempionati
  • #Boks
  • #Boks O‘zbekiston
  • #Qozog‘iston
  • #Shahzod Muzaffarov

Qozog‘istonlik murabbiy o‘zbek bokschilariga tan berdi!

  • 15-апрел, 21:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

​​Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Tursun'gali Edilov "Sportarena.kz" nashriga bergan intervyusida Ulan-Batorda bo‘lib o‘tgan turnirda o‘zbekistonlik bokschilarning ishtirokiga baho berdi. Mazkur musobaqada Qozog‘iston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edi.

"Ushbu turnirga terma jamoamiz bosh murabbiyi Nurjan Nasanov asosiy yetakchilarni olib bordi va natijada to‘rtta oltin medal qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston esa ikkinchi-uchinchi raqamli tarkib bilan kelib, uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu nimani anglatadi? O‘zbekistonda zahira borasida hech qanday muammo yo‘q", — dedi Tursun'gali Edilov.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ulan-Batordagi musobaqada ayrim qozog‘istonlik bokschilar kutilgan natijani ko‘rsata olmadi.

"O‘zbekiston jamoasida ham hamma birdek yaxshi chiqish qilmadi. O‘rta vazn toifasida Asadullaev muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Ammo umumiy taassurot shuki, ularning aksariyati juda istiqbolli yigitlar. Madaminov -65 kg vaznda eng yaxshisi bo‘ldi, Erkinboev yarim og‘ir vaznda nihoyatda raqobatbardosh ekanini ko‘rsatdi, yosh Mamasoliev esa -90 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Qo‘shni mamlakatda aksariyat olimpiya vazn toifalarida raqobat juda kuchli. U yerda yoshlar yetakchilarga bo‘shashishga imkon bermaydi. Bizda-chi? Qator vaznlarda murabbiylar kimni yuborishni o‘ylab qolishadi yoki bitta yetakchi bor-u, uning ortida esa bo‘shliq", — deya fikr bildirdi mutaxassis.

Qozog‘iston terma jamoasining sobiq murabbiyi, shuningdek, o‘zbekistonlik murabbiylar ushbu turnirda nafaqat o‘z yosh bokschilarini sinovdan o‘tkazganini, balki qozog‘istonlik sportchilarni ham sinchiklab o‘rganganini qayd etdi.

"Men ko‘p bora aytganman: bizdagi katta muammo shundaki, O‘zbekistonda bokschilarni biznikilarga qarshi janglarga juda jiddiy tayyorlashadi. Bizda esa go‘yo bunday yondashuv yetishmaydi. Masalan, Mahmud Sabirxon bilan Shahzod Muzaffarov o‘rtasidagi jangni oling. Avval ular uch bor to‘qnash kelishgan va har safar bizning bokschimiz oson g‘alaba qozongan edi. Bu safar esa ikki karra jahon chempioni g‘alabani tom ma'noda “tishlari bilan sug‘urib oldi”. Shu bois, Osiyo o‘yinlarida bizning bokschilarimiz o‘zbekistonlik raqiblarga qarshi juda qiyin janglar o‘tkazadi, deb o‘ylayman. Chunki ular bizni puxta o‘rganib chiqishgan, biz esa ularning yetakchilarini yetarlicha tahlil qilmaganmiz", — dedi Edilov.

Eslatib o‘tamiz, yozgi Osiyo o‘yinlari 19 sentabrdan 4 oktabrgacha Yaponiya­ning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston erkaklar terma jamoasi ushbu turnirda so‘nggi bor 2014 yilda g‘olib chiqqan bo‘lib, undan keyingi ikki Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q