
Qozog‘iston chempionati. Legionerimiz gol urgan, yana biri assist qilgan o‘yinda "Ordabasi" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (gol videosi)
Qozog‘iston Premer ligasi 21-turi doirasidagi "Ordabasi" - "Atirau" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va shiddatli bellashuvda shimkentliklar 3 ochko egasiga aylandi. Bahs 2:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.
E’tiborli tomoni shundaki, "Ordabasi" safida harakat qiladigan legionerimiz Odilbek Abdumajidov bahsni to‘liq o‘tkazdi va bitta gol muallifiga aylandi. Olimpiya terma jamoamiz a’zosi o‘yinning 90+3-daqiqasida jarimadan uzatib berilgan to‘pni darvozaga kiritib qo‘ydi. Unga pas bergan futbolchi boshqa bir legionerimiz Shaxboz Umarov bo‘ldi.
Shu tariqa, Aleksandr Sednyov shogirdlari 21 o‘yindan keyin 32 ochko to‘plab, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. "Atirau" esa 28 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar