Qoyilmaqom! Sindarov Magnus Karlsenni taslim etdi, Gukesh bilan esa durang natija

  • 8 fevral, 07:58
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Mukofot jamg‘armasi 75000 ming dollarni tashkil etuvchi "2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus" turniri davom etmoqda. Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishgan. 

Musobaqa formati davra bosqichida bo‘lib, aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida bellashadi va TOP-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Pley off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Agar 2 match natijasiga ko‘ra, hisob teng bo‘lsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi.Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30).

Ushbu turnirni hamyurtimiz Javohir Sindarov yondirmoqda. U mazkur turnir doirasida hozircha Vinsent Kaymar (Germaniya), Levon Aronyan (AQSh), Vladimir Fedoseev (Rossiya), Magnus Karlsen (Norvegiya) kabi shaxmatchilarni taslim etdi. Ayniqsa, Karlsen ustidan qozonilgan g‘alaba orqali u turnir jadvalida Fabiana Karuana bilan tengma-teng ochkolar to‘plab turishini ta’minlab berdi. 


Image

Turnirning ilk kunidan so‘ng Fabiano Karuana jadvalni boshqarib bormoqda. 2.5 ochkosi bor Nodirbek Abdusattorov xavfli zonaga yaqin. Ma’lumot uchun, yana 4 kundan so‘ng umumiy jadvalda 9-10-o‘rinlarni band etganlar musobaqani tark etadi. 

Hozircha Gukesh Dommaraju va Magnus Karlsen 2 ochkoga ega. Buni turnirning kutilmagan "event"lari sifatida qayd etgan bo‘ladi. Biroq hali oldindan uchrashuvlar ko‘p va turnir jadvali butunlay o‘zgarib ketishi ehtimoli ham yo‘q emas. Shunday ekan, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovga kelgusi bahslarda ham omad tilab qolamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
08/02/2025 12:16
omad yor bo'lsin