
"Qo‘qon-1912" Superliganing 1-davrasini qanday o‘tkazdi?
"Qo‘qon-1912" jamoasi Coca Cola superligasining 1-davra o‘yinlarini munosib tarzda o‘tkazib, 13 uchrashuvda 25 ochko jamg‘ardi. Bu natija ushbu jamoani turnir jadvalida 3-o‘rinni qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi.
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 1-davraning 8ta uchrashuvida g‘alaba qozondi, 1 uchrashuvda durang hamda 4 ta o‘yinda mag‘lubiyat qayd etildi.
"Shunqorlar" 1-davrada raqiblar darvozasiga 23 ta to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 12 ta to‘p olib chiqdi. To‘plar nisbati +11. Jamoa sardori, standart vaziyatlar ustasi Murod Xolmuhammedov 1-davrada 11 ta o‘yinda maydonga tushib , raqiblar darvozasiga 8ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Murod Xolmuhammedov bu ko‘rsatkichlar bilan superliga to‘purarlar bahsida etakchilardan biri bo‘lib turibdi.
Quyida 1-davra o‘yinlarida "Qo‘qon-1912" jamoasi kiritgan gollarga kimlar mualliflik qilgani haqida ma’lumotni e’tiboringizga taqdim qilamiz.
1-davrada kim nechta gol urdi ?
1.Murod Xolmuhammedov 8 ta
2. Filip Rayevats 2 ta
3. Bobur Akbarov 2 ta
4. Shohnazar Norbekov 1 ta
5. Quvondiq Ro‘ziev 1ta
6. Suhrob Berdiev 1 ta
7. Xamidillo Abduxamidov 1ta
8. Aleksandr Merzlyakov 1 ta
9. Yakuba Bamba 1ta
10. Ivan Yosovich 1 ta
11. Sardor Azimov 1 ta
12. Sobit Sindarov 1ta
13. Muhammadanas Xasanov 1ta
14. Otabek Haydarov 1ta
Fikrlar