
"Qo‘qon-1912" Qozog‘iston klubiga qarshi maydonga tushdi
Davron Fayziev bosh murabbiylik qilayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun Toshkentda Qozog‘istonning “Yassi” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Mazkur o‘yinda dastlab “Yassi” jamoasi hisobni ochdi. Keyinchalik Doniyor Ismoilov o‘zining aniq zarbasi bilan javob qaytardi – 1:1.
“Qo‘qon-1912”: Mirzohid Jalilov, Bobur Akbarov, Abduholiq Qurbonov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Hasanov, Bobur Qosimov, Iqbol Malikjonov, Islom Isoqjonov, Farhod Mirahmadov, Doniyor Ismoilov, Anvar Hojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Saidakbar Umaraliev, Mo‘min Meliev, San’at Shixov, Azamat Isroilov, Murod Komilov.
Fikrlar