
"Qo‘qon-1912" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Oldindan rejalashtirilganidek, bugun Toshkentdagi Jar stadionida “Qo‘qon-1912” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘yin ancha qiziqarli va gollarga boy o‘tdi. Bellashuv “So‘g‘diyona” jamoasining ustunligida boshlandi va bu natijada o‘z aksini topdi. Avvaliga Oybek Rustamovning avtogoli evaziga jizzaxliklar hisobda oldinga chiqib oldi. 22-daqiqada “So‘g‘diyona” to‘purari Shoxruz Norxonov penaltidan hisobni oshirdi – 0:2. Shundan keyin “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘ziga keldi. Avvaliga Farhod Bekmurodov 28-daqiqada hisobni qisqartirdi. 78-daqiqa o‘tib borayotganida zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov hisobni tenglashtirdi – 2:2. Uchrashuv oxirigacha ushbu hisob o‘zgarmay qoldi.
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullaev, Bobur Akbarov, Slavko Lukich, Farhod Bekmurodov, Shohnazar Norbekov, Hamidullo Abduhamidov, Sardor Azimov, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Yakuba Bamba.
“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Arslonmurat Amonov Shoxruz Norxonov, Daniel Nasriddinov, Javohir Qahramonov, Luka Chermel, Marko Kolakovich, Shahboz Jo‘rabekov, Ergash Ismoilov.
Fikrlar