"Qo‘qon-1912" klubi matbuot kotibi: Yangi mavsumdan halol futbol va shunga yarashadigan muxlislik madaniyatini kutyapman

  • 28 fevral, 2020, 12:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kechadan O‘zbekiston Superligasi-2020 start oldi. Jamoalar chempionatga yurtimizda va imkoniyati borlar xorijda tayyorgarlik ko‘rishdi.

Tecno

Murabbiy va futbolchilarning fikrlarini yil bo‘yi o‘qib, kuzatib borishimiz mumkin. Ammo o‘sha jamoada faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarini siz deyarli tinglamagansiz. Shu bois biz yangi mavsum avvalidan matbuot kotiblarining fikrlarini bilish uchun ularga 3 ta savol bilan murojaat qildik.

1. Jamoaning tayyorgarlik jarayoni (qaerlarda yig‘inlar tashkil etilgani va o‘rtoqlik o‘yinlari) haqida

2. Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?

3. Klub oldiga qanday vazifa qo‘yildi?

Akramjon Mamadaliev (“Qo‘qon-1912”)

1. “Qo‘qon-1912” jamoasining 2020 yildagi tayyorgarlik jarayonlari 3 bosqichdan iborat bo‘ldi. Dastlab 5-22 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib borildi. Bunda asosan tarkibni shakllantirish uchun ko‘plab futbolchilar jamoamiz murabbiylari ko‘rigidan o‘tkazildi. Yig‘in davomida 5 ta nazorat bahslarida maydonga tushdik. Quvonarlisi, barcha uchrashuvlarda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “shunqorlar” g‘alaba qozonishdi. Dastlab Tojikistonning “Istiqlol” klubi 2:1 hisobida dog‘da qoldirildi. So‘ngra “So‘g‘diyona”, “Andijon”, “Oq-tepa”, “Navbahor” klublari mag‘lub etildi.

Tayyorgarlikning 2-bosqichi Farg‘ona shahriga ko‘chdi. Bu erda jamoamiz “Xokim kubogi-2020” turnirida ishtirok etib, yarim finalda “Neftchi” jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi.

Bu musobaqa biz uchun juda foydali bo‘ldi, deb bemalol ayta olamiz, chunki uchrashuvlar davomida murabbiylarimiz, yangi masumda kimlar “Qo‘qon-1912” safida to‘p tepishini deyarli aniqlab oldilar.

Navbatdagi yig‘in 9-21 fevral kunlari yana Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz 4 ta o‘rtoqlik o‘yinlarida imkoniyatni chamalab oldik. “Mash’al” va “Bunyodkor” taslim etildi. “So‘g‘diyona” hamda “Lokomotiv” bilan murosa yo‘li tanlandi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinlarining birontasida ham mag‘lubiyatga uchramadi. 7 g‘alaba va 2 durang. Manimcha, bosh murabbiy futbolchilarga g‘oliblik ruhiyatini singdira oldi. Bu esa yangi mavsum avvalidan juda foydali, deb o‘ylayman.

“Paxtakor” klubi matbuot kotibi yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida

 

2. Kelayotgan mavsumdan qo‘qonlik barcha muxlislar kutayotgan g‘alabalarni kutyapman. Jamoamizdan shiddatli, agressiv, hujumkor o‘yin kutyapman. Qo‘qonga keladigan barcha futbolchilarni “Markaziy” stadionga chiqayotganlarida muxlislarimizning hayqiriqlaridan vujudlari junbushga kelishlarini kutyapman. Halol futbol va shunga yarashadigan muxlislik madaniyatini kutyapman. O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar qatoriga “Qo‘qon-1912”ning ham qo‘shilishini kutyapman. Hozirgi kunda jamoamizda yig‘ilgan futbolchilar hamda murabbiylar shtabining salohiyati bemalol har qanday raqib bilan kurashishga etadi, deb hisoblayman.

501557685082

3. Jamoamiz rahbariyati bu yil yuqori maqsadlarni ko‘zlagan. Shu bois klubga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlandi. Maqsadimiz muxlislar ishonchini qaytarish, yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladigan, raqobatbardosh jamoani shakllantirish, o‘rinbosarlar tarkibiga mahalliy yosh futbolchilarni taklif qilib, bosqichma-bosqich tarkibni yoshartirish. Shu kunlarda jamoamiz a’zolarining viloyat hamda Qo‘qon shahar rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda aniq maqsad va vazifalar belgilab beriladi.

Bitta ma’lumotni muxlislarimizga aytib o‘tmoqchiman. Biz tarkibimizga qo‘shilgan barcha futbolchilarni o‘rtoqlik o‘yinlari orqali tanishtirib bordik. Jamoada selektsiya ishlari hali o‘z yakuniga etmadi. Yaqin kunlarda tarkibimizga yana bir nechta taniqli va kuchli futbolchilar qo‘shilishi kutilmoqda. Bu futbolchilar bilan muzokaralar oxiriga etmagani uchun hozircha ularning nomlarini sir tutib turamiz. Shunisi aniqki, u futbolchilarni hamma taniydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!