"Qo‘qon-1912" jamoasi derbi oldidan so‘nggi tayyorgarlik jarayonlarini boshladi

  • 1 mart, 2021, 22:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. O‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bu mavsum ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostidagi futbolchilar bugundan Qo‘qon shahrida to‘plandi. Jamoa a’zolari dastlabki turda "Turon"ga qarshi bo‘ladigan Farg‘ona derbisiga hozirlikni boshlab yubordi.

Bugungi mashg‘ulotlar Uchko‘prikdagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda Oybek Rustamov, Hamidillo Abduhamidov va Suxrob Berdiev jarohati sabab qatnashmagan. Tarkibdagi qolgan futbolchilar mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, "Turon" - "Qo‘qon-1912" jamoalari bahsi 10 mart kuni soat 16:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!