"Qo‘qon-1912" ertaga vodiy derbisida maydonga tushadi

  • 2 mart, 2021, 20:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" rasmiy "Telegram" sahifasi jamoa ertaga "Navbahor"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini ma’lum qildi. 

Tecno

"Qo‘qon-1912" jamoasi mavsumga tayyorgarlikni qizg‘in tarzda davom ettirmoqda. Superliganing dastlabki o‘yiniga futbolchilarni har tomonlama puxta tayyorlash uchun murabbiylar shtabi astoydil ishlamoqdalar.
Jamoamiz ertaga yangi mavsum oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Oxirgi nazorat o‘yini Namangan shahrida "Navbahor" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
"Navbahor" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bellashuvi ertaga, 3-mart kuni, Namangandagi "Markaziy" stadionida, soat 17:00da boshlanadi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!