Qiziqarli janglarga boy o‘tgan "UFC Fight Night 245" turnirining natijalari bilan tanishing

  • 20 oktabr, 2024, 14:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 245" turniri bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy to‘qnashuvida Mishel Pereyra Entoni Ernandesga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Tecno

Quyida ushbu musobaqada qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:


Asosiy kard:

Entoni Ernandes beshinchi raundning Mishel Pereyrani texnik nokautga uchratdi.

Rob Font hakamlarning yakdil qarori bilan Kayler Fillipsni mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 29-28);

Charlz Jonson ochkolar bo‘yicha Su Mudaerjidan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Kemeron Smozerman hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Jeyk Xedli ustidan g‘alaba qozondi (30-26, 29-27, 29-27);

Darren Elkins ochkolar bo‘yicha Daniel Pinedani mag‘lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28);


Prelim:

Asu Almabaev hakamlarning yakdil qaror bilan Mateus Nikolaudan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);

Jan Matsumoto ochkolar bo‘yicha Bred Katona ustidan zafar quchdi (29-28, 29-28, 29-28);

Joselin Edvards 3-raundda Tamires Vidalni sabmishshin orqali taslim qildi;

Elis Rid hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Jessika Penni mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 29-28);

Melissa Martinez ochkolar bo‘yicha Elis Ardelinni engdi (30-27, 30-27, 30-27);

Ostin Leyn hakamlarning yakdil qarori bilan Robelis Despaigne ustidan g‘alaba qozondi(29-28, 29-28, 29-28).UFC

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!