
"Qizilqum" yana bir futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirdi
Kecha Davron Anvarov bila shartnomani uzaytirgan "Qizilqum" bu safar yana bir futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirdi.
Yakuniga etgan mavsumda ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan yarim himoyachi Shahzod Raxmatilloev bilan o‘rtadagi bitim uzaytirildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, farg‘onalik yosh iqtidor "Qizilqum" jamoasi bilan 2026 yil yakuniga qadar birga bo‘ladi.
Shahzod o‘tgan mavsumda Superliga va O‘zbekiston kubogida jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilgan bo‘lsa yana 3 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar