Qiyin bo‘ladi! Ryudiger qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum

  • 2 fevral, 15:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger kecha "Espanol"ga qarshi bellashuvning 14-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. 

"Qirollik klubi" tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng uning o‘ng oyog‘ida shikastlanish borligi aniqlangan. "COPE" jurnalisti Aranchaning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi taxminan 20 kun muddatni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi. 

Qayd etish lozim, Ryudiger "Real"ning asosiy himoyachisi sanaladi. Militao hamda Alaba ko‘p muddatni jarohat sabab o‘tkazib yuborayotgani bois Antonioga himoyadagi asosiy yuklama tushgan. U joriy mavsum klub safida 22 ta bahsda maydonga tushgan. 

Futbolchi "Siti"ga qarshi har ikki bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!