Qishloqdan chiqqan yulduz! Yoxud Dastonbek Otabolaev - karate bo‘yicha Markaziy Osiyo tarixidagi yagona jahon chempioni!

BEPUL PROPAN

SPORTS.uz internet portali o‘z an’analariga ko‘ra, o‘zbek sportining yorqin vakillari bilan muntazam intervyular tashkil etib boradi. Bizning bu safargi suhbatdoshimiz karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida Markaziy Osiyo tarixida birinchi va hozircha yagona jahon chempioni – Dastonbek Otabolaev bo‘ldi.

- Barchaning sportga kirib kelish yo‘li bor. Sizda bu qanday sodir bo‘lgan va nega aynan karateni tanlagansiz?

- Men  yoshligimda juda harakatchan bola bo‘lganman va  yakkakurashlarga boy filmlarni maroq bilan tomosha qilib, ulardan ilhomlanardim. Sportga qadam qo‘yishim ko‘proq ana shu filmlar bilan bog‘liq. Nega aynan karateni tanlaganimga sabab esa o‘sha paytlarda men yashagan Oltiariq tumanida karate va erkin kurashdan  boshqa yakkakurash sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘q edi. Shu sababli otam mening qiziqishlarimni inobatga olgan holda, 8 yoshimda karate mashg‘ulotlariga olib bordi. Shu tariqa 21 yildan buyon aynan karate sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelyapman. Buning uchun birinchi navbatda xohish-istaklarimni amalga oshirgan va doimiy qo‘llab-quvvatlagan otamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

d3

- Oila a’zolaringiz orasida ham professional sportchilar bo‘lganmi?

- Otam o‘z vaqtida kurash bilan shug‘ullangan. Lekin oilamizda sport bilan professional darajada shug‘ullanganlar bo‘lmagan. Shu sababli ham ota-onam meni karatega o‘z sog‘ligimni, jismoniy holatimni yaxshilash uchun berishgan. Biroq men sportda katta yutuqlarga erishishni xohlardim. Yoshim ulg‘aygani sari ota-onam karatedan ko‘ra meni ko‘proq qo‘shimcha darslarga, til o‘rganish kurslariga yuborishardi. Ular meni nufuzli oliygohlarga kirishimni va yaxshi kasb egasi bo‘lishimni xohlashardi. Chunki o‘sha paytlarda odamlarda sportning ortidan qanday natijalarga erishish mumkinligi haqida tushuncha shakllanmagan edi. Sport bilan shug‘ullanib ham oila boqib bo‘ladimi, deganlar ham bo‘lgan. Chunki o‘sha paytlarda biz yashagan qishloqda xech kim sportda katta yutuqlarga erishmagandi. Bu qiyinchiliklarni engib o‘tishim uchun esa karatega bo‘lgan muhabbatim va doim birinchi bo‘lishga intilishim  menga katta kuch bergan.

d1

- Aksariyat sportchilar faoliyati davomida bir qator sport turlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rgan. Siz ham karatetdan boshqa sport turiga o‘tish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

- O‘z vaqtida menda karatedan boshqa sport turiga o‘tish imkoniyati ham bo‘lgan. Masalan, 6-7 sinflarda o‘qib yurgan paytlarimda futbol bilan, kurash bilan shug‘ullanganman. Lekin ichimda baribir karatechi bo‘laman degan hissiyot bor edi. Chunki menga karatedagi raqibga bo‘lgan hurmat, oppoq kimanolarda chiroyli harakatlarni amalga oshirish yoqardi. Karate bu – jang san’atlari ichida eng chiroylisi, eng professionali desam adashmagan bo‘laman. Chunki karateda maqsad raqibga kuchli zarba berib, uni qulatish emas. Bu erda chiroyli harakatlar bilan o‘z texnikasini namoyish etish kifoya.

- Sizni nima ruhlantiradi?

- Men hayotda ham, musobaqalarda ham va hatto mashg‘ulotlarda ham yutqazishni xohlamayman. Meni ruhlantiradigan narsa bu fakat birinchi bo‘lish, xamma qiyin deb xisoblaydigan cho‘kkilarni zabt etish.

d6

- Shaxmatda aql-idrok, mustahkam xotira. Boksda kuchli zarba. Karatedachi? Ushbu sport turida har bir inson olishi mumkin bo‘lgan asosiy sifatlar nimalardan iborat?

- Bu shubhasiz temir intizom!  Nafakat narateda  balki barcha soxada muvofaqiyatga erishish uchun  intizom eng yuqori o‘rinda turadi. Har qanday holatda ham belgilangan vaqtda mashg‘ulotlarda bo‘lish,  o‘zingiz xohlamasangiz ham ertalab soat 6:00 da turib mashg‘ulotga borish, belgilangan vazifalarni bajarish, sizda jaroxat bo‘ladimi yoki qandaydir bir oilaviy muammo bo‘ladimi bo‘larni chetga so‘rib tinimsiz o‘z ustingizda ishlash bu xammani xam qo‘lidan kelmaydi.

Karatedagi eng asosiy sifat bu xar kanday vaziyatda xam inson tanani boshkara olishidir.

d7

- Faoliyatingiz davomida ko‘plab nufuzli musobaqalarda ishtirok etgansiz. Sizni qanday musoboqalarda ishtirok etkaningiz va ular orasida eng esda qolarligi xaqida aytib bera olasizmi?

- Albatta, shu paytgacha juda ko‘plab xalqaro musobaqalarda ishtirok etdim. Ularning barchasidan o‘ziga hos xotiralar qolgan. Bular xaqiga gapirsam juda xam kup gapirishimga to‘g‘ri keladi, Azerbaydjan poytaxti Baku shaxrida bo‘lib o‘tkan Islom o‘yinlarida bronza medalni qulga kiritganman va buni Azerbaydjan prezidenti o‘zi taqib kuygandi, 2016 yil Portugaliyaning Braga shaxrida bo‘lib o‘tgan talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritganman va o‘shandayoq O‘zbekiston karate tarixiga kirganman. Boisi, bungacha birorta o‘zbekistonlik sportchi talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo‘lmagan edi. 2021 yil Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bu men uchun orzu ushalishi yoki ertakning amalga oshishi desa xam bo‘ladi chunki men O‘zbekiston tarixida ilk bor jaxon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldim, bungacha O‘zbekistonda  jaxon chempionatida hattoki medal xam bo‘lmagan. O‘sha jahon chempionatida butun Osiyo qit’asi bo‘yicha faqatgina men oltin medalni qo‘lga kiritdim. Xatto karate vatani hisoblangan Yaponiya sportchilariga ham g‘oliblik nasib etmadi. Ushbu yutug‘imning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, shu kunga qadar nafaqat O‘zbekiston, balki butun boshli Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham karate bo‘yicha kattalar o‘rtasida chempion chiqmagandi. Xammaga tushunarli bo‘lishi uchun  Jaxon chempionatiga tarif berib o‘tsam, karate WKF Jahon chempionatida ishtirok etish  uchun siz avval viloyatlararo tanlovda g‘olib bo‘lishingiz, undan keyin mamlakat chempionatida g‘olib bo‘lib, terma jamoa tarkibiga kirishingiz kerak. Ana undan keyin boshlanadi eng kiyini, terma jamoga kirganizdan keyin xalkaro musobokalarda, Osiyo chempionatlarida g‘olib bo‘lishingiz, jahon karate 1 Premer-liga musobokalarida ochko jamg‘arib   jahon reytingida TOP-12 reytingda bo‘lishingiz lozim. Ana undan keyin siz jaxon chempionatida ishtirok etish uchun litsenziya ko‘lga kiritasiz. Jaxon chempionatida butun dunyo bo‘ylab o‘z davlatlarining eng zo‘r karate ustalari ishtirok etadi. Jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va bu raqobatni yanayam oshiradi. Jahon chempionatida bir mamlakatdan atigi 1 nafar sportchi, erkaklar toifasida jami  5 ta vazn  toifa ishtirok etadi. Bu degani butun dunyo bo‘ylab har ikki yilda atigi 5 ta karate ustasi jahon chempioni degan nomga sazovor buladi. Jahon chempionatida esa 150 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etadi va ularning barchai jaxon chempioni bo‘laman degan niyat bilan keladi. Bu musobaqada sodda raqibning o‘zi yo‘q. Har bir raqibingiz eng kamida o‘z  mamlakatining eng  kuchli sportchisi,  jahon, qit’a chempionlari, karate yullduzlar va Olimpiya o‘yinlari chempion va  sovrindorlari, ko‘plab xalqaro musobaqalar chempionatlari va TOP reyting turnirlari g‘oliblari bor!

d2

Men g‘oliblikka qadar ham besh  marta jahon chempionatida qatnashganman. Dastlab, 2011 yil Malayziyaning Melakka shaxrida o‘tkazilagan yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida, ikkinchisi 2012 yil Frantsiyaning Parij shaxrida kattalar o‘rtasida jahon chempionati, uchinchi bor  2016 yil Avstriyaning Lints shahrida kattalar o‘rtasida jahon chempionati  (7-o‘rin),  to‘rtinchi bor 2018 yil Ispaniyaning Madrid shahrida kattalar o‘rtasida jahon chempionati (5-o‘rin). Nihoyat, 2021 yil Dubayda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasida jahon chempionati oltin medal bilan yakunladim. Aytishim kerakki, men bu g‘alabani 10 yil kutganman va 5ta jahon chempionatida ishtirok etganman. 2022 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining Alabama shtati Bermingem shahrida 4 yilda bir bor o‘tkaziladigan “Jahon o‘yinlari” (“World games”)  kompleks sport musobokasida o‘zbekistonlik karatechilar ichida birinchi bo‘lib ishtirok etdim va ushbu musobokada bronza medalini olishga muvofaq bo‘ldim. Bu musobokada atigi 8 nafar sportchi ishtirok etdi, lekin bo‘lar  jahon reytingda TOP-5 sportchi va jaxon chempionati sovrindorlari dunyoning eng zo‘rlari. Qiska qilib aytganda, O‘zbekistonning chekka bir qishlog‘ida tug‘ilgan bola,   jahon universiadasi, kattalar o‘rtasida jahon chempinati va jahon uyinlarida ilk medalni qo‘lga kiritgan sportchi sifatida tarixga kirdi. 

d4

- Terma jamoa sardori sifatida vazifalaringiz nimalardan iborat?

- Terma jamoaga sardorlik qilish bu butun O‘zbekiston karatechilariga etakchilik qilishdek gap. Xamma xam chempion bo‘lishi mumkin  ammo xamma xam terma jamoa sardori bo‘la olmaydi, Sardorlik chempion bo‘lish bilan birga liderlik kila olish xamdir,  ayniqsa xalqaro musobaqalar paytida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki jamoaning qolgan a’zolari aynan sardordan kuch oladi, uning yutuqlaridan ilhomlanadi, uning harakatlaridan ruhlanadi.  O‘zbekistonda 25,000 ta karatechi bo‘lsa shu 25,000 ta karatechidan bir kishi terma jamoa sardori bo‘ladi. Bu esa juda katta masuliyat. Bir so‘z bilan aytganda, sardor bu jamoaning qolgan a’zolari uchun na’muna hisoblanadi.

- Kelajakdagi rejalaringiz.

- Oldinda maqsadlarim ko‘p. Birinchi navbatda “Karate Combat” ligasida ham jaxon chempion bo‘lmoqchiman. Ushbu liga bilan shartnoma imzolaganman. Shuningdek, joriy yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘ladigan navbatdagi WKF jahon chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etib,   jaxon chempioni degan nomni munosib himoya qilmoqchiman.

d5

- Taxminan 5 yildan so‘ng o‘zingizni qaerda ko‘rishni xohlaysiz?

-  5 yildan keyin o‘z oldimga qo‘ygan eng yuqori marralarni zabt etishni xohlayman. Agar karate 2028 yil Los-Anjelesda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilsa, oltin medalni qo‘lga kiritishni xohlayman. Buning uchun qo‘limdan kelgancha mehnat qilaman. 5 yildan so‘ng o‘zimni bir necha karra jahon chempioni, Olimpiada chempioni va karateda -75 kg vazn toifasining eng yorkin  sportchisi sifatida   tilga olinishimni xohlayman.

Baxtiyor Toshtemirov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!