Qilichbozlarimizga Osiyoda hech kim teng kelolmadi

CHERY AUTO

Kuvaytda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining sablya yo‘nalishida o‘g‘il bolalar orasida jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda qit’amizning 18 ta terma jamoasi ishtirok etdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlarda S.Abdukarimbekov, I.Abdazov, M.Aymuratov va Z.Qodirovdan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi 1/16 finalda Malayziya termasini 45:32, 1/8 final bosqichida Singapurni 45:27, yarim finalda Gonkong terma jamoasini 45:33 hisobida engib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionatining so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida qilichbozlarimiz Qozog‘iston terma jamoasi ustidan 45:36 hisobida zafar quchdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!