Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ga muhim o‘yinlar oldidan omad tiladi

  • 7 may, 2021, 16:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" OFK kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Tecno

Bugundan Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni olib boradigan Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 14-20 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida "OFK kubogi-2021" musobaqasining “F” guruhi uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Qarshiliklar musobaqada qatnashish uchun 10 may kuni qo‘shni Tojikiston Respublikasiga yo‘l oladi. Safar oldidan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" klubiga omad tiladi.

- Yurtimiz sha’nini himoya qilish uchun OFK o‘yinlariga otlangan viloyatimizning bosh jamoasi - "Nasaf"ga o‘zim va ko‘p sonli muxlislari nomidan omadlar tilayman. Vatanimizga g‘alabalar bilan kelishiga tilak bildirib qolamiz, - dedi viloyat hokimi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifat Kurbanov
07/05/2021 23:05
Порахур хоким жумонг. Ифлос одам бу.