
PSJning ijaradagi futbolchisiga "Chelsi" qiziqmoqda
Frantsiyaning PSJ jamoasiga tegishli bo‘lgan va ayni paytda "Yuventus" safida ijara asosida to‘p surayotgan Randal Kolo-Muani Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "L'Équipe" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi 26 yoshli frantsiyalik hujumchi xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" PSJ rahbariyati bilan muzokaralarga kirishgan.
Hozirgi kunda Kolo-Muani jamoasi uchun muhim figuraga aylangan. "Yuventus" esa uni yana bir mavsumga saqlab qolishni istaydi. Qayd etish joiz, o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida Randal turinliklar safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar