
PSJdan kutilmagan qaror: Hujumda Neymar va Vinisius o‘ynaydi
PSJ rahbariyati jamoadan ketgan Kilian Mbappe o‘rniga kutilmagan hujum juftligini o‘ynatmoqchi.
Todofichajes nashriga ko‘ra, poytaxt klubi oldingi chiziqda Braziliya terma jamoasi hujum tandemi – Neymar va Vinisius Juniorni o‘ynatish rejasini amalga oshirishga kirishdi.
PSJ birinchi navbatda, Vinisius Juniorni Frantsiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Undan keyin “Al-Hilol”dan Neymarni olib kelish masalasi hal etiladi.
Transfer bo‘yicha mutaxassislar bu rejani amalga oshirish juda qiyin ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar