
PSJ Osimhenni qo‘lga kirita olmasa, Kolo-Muanini olib kelishga harakat qiladi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani PSJning hujum chizig‘ini kuchaytirishga nomzodlardan biri. "Nant"ning sobiq forvardi Parij klubining short-listiga kiritilgan.
Jurnalist Adrien Grenierning xabar berishicha, Parij grandining asosiy maqsadi "Napoli" hujumchisi Viktor Osimhen bo‘lib, u hozirda Italiya A seriyasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Nigeriyalik futbolchi ham avvalroq Liga 1da harakt qilgan.
Biroq, Osimxenning transferi amalga oshmasa, PSJ jamoa rahbariyatining zaxira nishoni bo‘lgan Kolo-Muanini olib kelishga harakat qiladi.
Fikrlar