
PSJ manchesterliklar xafa qilgan futbolchiga shartnoma berdi
O‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” yulduzi Jeydon Sancho bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelisha olmay qolgani uchun “Borussiya Dortmund”ga ijaraga berib yuborilgan edi.
Garchi bu yoz tomonlar o‘zaro kelishib olgani xabar qilingan bo‘lsa-da, klub angliyalik hujumkor futbolchini sotib yuborishi kutilmoqda.
Footmercato nashrining ma’lum qilishicha, PSJ Sancho atrofidagi vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Parijliklar o‘yinchiga shartnoma bergani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Frantsiya chempioni taqdim qilgan bitim o‘zida Jeydon Sancho talablarining katta qismini aks ettirgan.
“Manchester Yunayted” Jeydon Sanchoni 2021 yili “Borussiya Dortmund”dan 85 million evroga transfer qilgandi. Biroq Angliyada Jeydon kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, manchesterliklar bilan yana ikki yillik shartnomaga ega o‘yinchining transfer narxi uch baravar arzonlab, 30 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar