
PSJ kutilmaganda bu futbolchini tanladi
PSJ kelasi mavsum Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tarkibini kuchaytirishga qaror qilgan.
Taniqli jurnalist Saymon Jonsning ma’lum qilishicha, parijliklar “Arsenal” sardori Martin Edigorga ko‘z tikmoqda.
Transfer mutaxassislarning ta’kidlashicha, PSJ rahbarlari uchun kutilmagan qarorni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Chunki norvegiyalik yarim himoyachi “Arsenal” bilan yana ikki yillik shartnomaga ega.
Qolaversa, Edegor Mikel Arteta jamoasining asosiy figurasiga aylanib qolgan va o‘yinning muvaffaqiyatli borishi ko‘p jihatdan mohir yarim himoyachining harakatlariga bog‘liq.
Fikrlar