Professional boksda sobiq WBO jahon chempioni Toshkentda jang o‘tkazadi

  • 3 iyun, 2023, 12:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
16 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Humo Arenada Lift Promotions tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada bir qancha hamyurtlarimiz va xorijdan kelgan bokschilar ishtirok etadi. 
 
Xususan, 53 kgda sobiq WBO chempioni britaniyalik Pol Batler ham ushbu kechada ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi aniq emas. Batler oxirgi jangini mutlaq jahon chempionligi uchun Naoya Inouga qarshi o‘tkazib mag‘ub bo‘lgan edi. 
 
Shunindek, 63,5 kgdagi turnirning final bahsida Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Dilshat Nurim bilan to‘qnash keladi. Qolaversa, 72 kgdagi turnirning yarim finalida Anvar Turopov, Islombek Mo‘minov, Bereket Tairov (Qozog‘iston), Suhrob Qayumov ham ishtirokidagi janglarni guvohi bo‘lishingiz mumkin. 
 
Oqshomning to‘liq kardi tez orada e’lon qilinadi!
 
photo_2023-06-03_11-48-16

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!