Professional bokschilarimiz maktab o‘quvchilari bilan uchrashishdi

  • 6 noyabr, 2019, 14:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Hozirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida hukumat tashkilotlari, maktab va mahallalarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada sportchilar bilan uchrashuvlar, o‘ziga hos tadbirlar o‘tkazilish yo‘lga qo‘yildi. Kuni kecha, ushbu mavzu yuzasidan Toshkent shahri Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan, mazkur tumanning 148 maktab o‘quvchilari bilan professional boksda g‘alabali yurishini davom ettirayotgan charmqo‘lqop ustalari va murabbiylar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

75561603_939155789805078_2104510996964966400_n

Ushbu tadbirda tajribali murabbiy Zufar Sulaymonov, WBC yo‘nalishining Sharqiy Evropa va MDH davlatlari chempionlik kamari sohibi Jamshidbek Najmiddinov hamda xalqaro chempionlik kamari egasi ravshan Maxammatjonovlar ishtirok etdi.

76605002_939155449805112_6760250013911089152_n Ular yoshlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berish barobarida turli xil yomon illatlarning salbiy oqibatlari va sport bilan hamnafas bo‘lishning ijobiy jihatlari borasida ko‘plab misollar keltirishdi.
Xullas, ushbu tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.

75258561_939155033138487_4145304968682799104_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!