Professional boks. WBC reytingi yangilandi Hasanboy Do‘smatov kuchli 15 likda

  • 15 fevral, 2022, 11:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda Hasanboy Do‘smatov kuchlilar safiga qo‘shilib, 14-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni tuzib chiqadi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rinlar bilan batafsil tanishing:

Tecno

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdugafurov 28-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziev 40-o‘rin;

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 11-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rindan 21-o‘ringa pastladi;

Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 21-o‘rin;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 40-o‘rin;

Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 16-o‘rindan 14-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!