
Professional boks IBF reytingi yangilandi. Hamyurtlarimiz o‘rni bilan tanishing
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda 3 nafar bokschilarimiz kuchlilar safida qayd etilgan.
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-o‘rin, Shahram G‘iyosov 11-o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.
Birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) IBF kamari egasi hisoblangan Murodjon Ahmadaliev reyting yuqorisida chempionlik o‘rnidan joy olgan.
Fikrlar