Pro liga. Peshqadam Urganchda. O‘yinoldi statistika qanday?

  • 16 oktabr, 2022, 09:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun jamoamiz pro liganing 22-turi doirasida Urganchda “Xorazm”ga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Joriy yilda ushbu klublar ikki marotaba kuch sinashishga ulgurdilar. Dastlabki davrada “Xorazm” maydonidagi bahsda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, “Andijon”ning pro ligada joriy mavsumdagi hozircha yagona mag‘lubiyati aynan ushbu o‘yinda yuz bergan. Ikkinchi davrada “Bobur Arena”dagi bellashuvda jamoamizning qo‘li baland kelgan – 2:1.

Bu safar mazkur jamoalar chempionat doirasida uchinchi marta to‘qnash kelishadi. O‘zaro o‘yinlar tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, umumiy hisobda shu kunga qadar “Andijon” hamda “Xorazm” 22 marotaba to‘qnash kelishgan. Andijonliklar ushbu uchrashuvlarning 13 tasida muvaffaqiyat qozonishgan. “Xorazm” esa bu borada 5 bor zafar quchgan. Shuningdek, yana 4 ta bellashuvda tomonlar durang ko‘chasini tanlashgan. Tabiiyki, to‘plar nisbatidagi ustunlik ham “Andijon” tomonida. Bu borada “Burgutlar” 46 ta gol urishgan va o‘z darvozasidan 19 ta to‘p olib chiqishgan.

O‘yinlar tarixi

1996 yil

1-davra “Dinamo U” – “Navro‘z” – 1:1

2-davra “Navro‘z” – “Dinamo U” – 3:0

1997 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 2:0

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 3:1

1998 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 2:0

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 2:1

1999 yil

1-davra “Andijon” – “Xorazm” – 1:2

2-davra “Xorazm” – “Andijon” – 0:1

2000 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 0:0

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 4:0

2006 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 0:3

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 7:1

2009 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 2:1

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 4:2

2010 yil

1-davra “Andijon” – “Xorazm” – 0:0

2-davra “Xorazm” – “Andijon” – 1:1

2018 yil

1-davra “Andijon” – “Xorazm” - 3:1

2-davra “Xorazm” – “Andijon” - 2:3

3-davra “Andijon” – “Xorazm” – 6:1

4-davra “Xorazm” – “Andijon” – 0:1

2022 yil

1-davra “Xorazm” – “Andijon” – 3:0

2-davra “Andijon” – “Xorazm” – 2:1

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!