
"Pro liga-2023" to‘purari "Dinamo"ga o‘tdi
Superliga yangi mavsumi oldidan selektsiya ishlari jarayonida «Dinamo» murabbiylar shtabi ko‘z ostiga olib qo‘yilgan yana bir o‘yinchi jamoa a’zosiga aylanganini rasman e’lon qilamiz.
Pro liga 2023 yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purariga aylangan Anvar Hojimirzaev «Dinamo» klubiga o‘tishga qaror qildi. Yarimhimoya va hujumda bir xil o‘ynay oladigan 29 yoshli futbolchi bilan bugun bir yillik shartnoma imzolandi.
Anvar Hojimirzaev 2023 yilgi mavsum «Qo‘qon-1912» safida Pro ligada 20 o‘yinda 16 ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan. Samarqand klubi safida Superligada ham o‘zini ko‘rsatishni maqsad qilgan yangi futbolchimizga omad va zafarlar tilab qolamiz, - deyiladi "Dinamo" matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar