Premer-liga klub o‘zbek legioneri haqida noxush xabar berdi

  • 11 aprel, 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan Turkiston viloyatining  “Turon” klubi natijalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari alohida qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Chunki joriy mavsum bu klub o‘z safiga to‘rt nafar o‘zbek futbolchisini qo‘shib oldi. Shahboz Umarov, Xurshid Muxtorov, Odiljon Abduomajidov va Behruz Asqarov jamoaning asosiy o‘yinchilari hisoblanadi.

Bu o‘yinchilar orasida Shahboz Umarovning jamoaga ta’sir katta. Avvalgi klubi “Ordabasi”da Qozog‘iston chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan legionerimiz turkistonliklar o‘yinida muhim figura hisoblanadi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shahboz Umarov oldindagi o‘yinlarda qatnasha olmaydi.

- Shahboz Umarov mashg‘ulotda olgan jarohati tufayli oldindagi uchrashuvlarda qatnasha olmaydi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, Shahboz sonidan olgan jarohati sababidan yaqin ikki hafta ichida maydonga tusha olmaydi, - deb bayonot berdi “Turon” klubi o‘z bayonotida.

Ta’kidlash lozimki, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan turkistonliklar 12 aprel kuni Qozog‘iston kubogi nimchorak finalida “Atirau”ga qarshi maydonga tushishi kerak.

Shahboz Umarov 20 aprel kuni Premer-liganing beshinchi turidan o‘rin olgan “Astana”ga qarshi bellashuvda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

26 yoshli o‘zbekistonlik hujumkor futbolchi birinchi tur yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Premer-ligasining eng foydali o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi. Umuman olganda, uchta uchrashuvda maydonga tushgan legionerimiz bitta gol va ikkita assist qayd etgan.

Bir necha yildan beri qo‘shni mamlakat chempionatida o‘ynab kelayotgan va “Ordabasi”ning 2023 yil chempionlikni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan Shahboz Umarov “Turon” jamoasining haqiqiy etakchisi aylanib qolgan edi.

Aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Umarovning professional faoliyati juda qiziq kechmoqda.

“Sherlar”ning asosiy tarkibiga kira olmagan Umarov 2018 yili “OTMK” jamoasidan qo‘nim topdi va o‘sha yili olmaliqliklar o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogiga sazovor bo‘ldi.

Shahboz oradan uch yil o‘tib, BATE safida Belarus kubogini qo‘lga kiritdi.

2022 yili “Ordabasi”ga kelgan Umarov avval Qozog‘iston kubogi musobaqasida, bir yildan keyin mamlakat chempionatida g‘olib chiqdi.

Sovrinlar jamg‘arishda o‘ziga yarasha tajriba to‘plagan mahoratli futbolchi Shahboz Umarov endi “Turon” klubi tarixida ham chuqur iz qoldirishni maqsad qilgan.  

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

Shomurodovga yangi missiya yuklandi!
Shomurodov paydo bo‘lishi bilan keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi!

Ana xolos: Husanovni qo‘llab kelgan Xoland tez orada “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti

Shomurodov “top-3”da! Eldor kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!