
Pogba qachon safga qaytadi?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba qancha muddatda sog‘ayib safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.
Ingliz nashrlarining xabar berishicha frantsiyalik futbolchi to‘pig‘idan muvaffaqiyatli operatsiya qilingan. Shifokorlar uni taxminan 1 oyda safga qaytishini aytishmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar