
Pogba o‘rnini Xavi haydayotgan futbolchi egallaydi
Xavi “Barselona”ni qabul qilib olgach, avvalgi murabbiy Ronal Kuman qadrlagan niderlaniyalik futbolchilardan qutilishga harakat qilmoqda.
Xususan, yarim himoyachi Frenki de Yong ham tezroq o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligi aytilgan. Klub mutasaddilari niderlandiyalik futbolchiga yangi jamoa topib berishi va uni transferga qo‘yishi lozim.
Vujudga kelgan vaziyatdan “Manchester Yunayted” foydalanib qolmoqchi. Manchesterliklar yangi shartnomadan bosh tortgan Pol Pogba o‘rniga Frenki de Yongni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun manchesterliklar “Siti” vakillari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Kataloniyaliklar yarim himoyachini 90 million evroga baholamoqda.
Fikrlar