
Pirlo Ronalduning agentidan yordam so‘radi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo o‘z jamoasi tarkibida “Vulverxempton” yarim himoyachisi Pedru Netuni ko‘rmoqchi.
20 yoshli futbolchi ikki mavsumdan beri Angliya premer- ligasida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Pirlo portugaliyalik o‘yinchini olishda Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh yordam berishiga ishonmoqda. Chunki bu mutaxassis Netuning ham agenti hisoblanadi.
Shuningdek, Netuda A Seriyada o‘ynash tajribasi bor. U Angliyaga ketguniga qadar “Latsio” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar