
Pirlo: Ronaldu azaliy raqibini tiz cho‘ktirdi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo “Barselona” maydonidagi yirik g‘alabadan so‘ng, dublga erishgan Krishtianu Ronalduni maqtadi.
- Krishtianu Ronaldu azaliy raqibiga qarshi o‘yinda katta ishni amalga oshirdi. Bunday og‘ir o‘yinlarda ishtiyoq muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Pirlo.
Portugaliyalik hujumchi Messi jamoasi darvozasiga kiritilgan ikkala golini ham penaltidan urdi. Shu tariqa, Ronalduning Chempionlar ligasidagi gollari soni 134 taga etdi. Gol ura olmagan Messi hisobida 118 ta aniq zarba bor.
Fikrlar