
Pike Kubarsini tanladi
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike hozirgi tarkibda kimga muxlislik qilishini aytdi.
- Hozirgi “Barselona”dagi sevimli futbolchi?
"Hamma Laminni tanlaydi, lekin men uchun bu Kubarsi", - deya sobiq "ko‘k-anorranglilar" himoyachisining so‘zlarini keltirdi "Managing Barca".
Ma’lumot uchun, Pau Kubarsi 2024 yilning yanvarida Xavi Ernandes qo‘l ostida "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilgan. Joriy mavsumda futbolchi Xans-Diter Flik qo‘l ostida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar