
"Persepolis" muxlislarining hafsalasi pir bo‘ldi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi vingeri ayni damda jarohatda. Futbolchi 27 fevralda bo‘lib o‘tgan "Tehron derbisi"ni ham o‘tkazib yubordi. Forslarning bir necha nashrlarida legionerimiz borasida har xil xabarlar yozildi.
"Jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri. U jarohati borligi va shifokorlarning ruxsati bermaganiga qaramasdan o‘z termasiga ketdi. Jarohat va yana jarog‘at. Uning o‘rniga boshqa futbolchi kelishi kerak.
Menejerlarimizning bilimsizligi va nodonligi tufayli behuda osmonga uchayotgan dollarlar", - deya yozdi Eronning "fararu" nashri.
Eslatib o‘tamiz, mazkur derbida Jaloliddin Masharipov jarohatidan tuzaldi va safga qaytdi.
ESLATMA: Biz bu xabarni tarjima qildik!
Fikrlar